hihi
  • Home
  • About
  • Blog
  • Portfolio
  • Gallery
  • Contact
hihi

A software engineer's notebook — frontend, backend, databases, ops, and the things I learn between them.

Navigate

  • Home
  • Blog
  • Portfolio
  • About
  • Contact

Resources

  • RSS feed
  • Sitemap

Currently

  • Lead DB Specialist at Geoinfocom DM, Tashkent
  • Open to collaboration & writing

© 2026 Abdurakhmon Abduraimov. All quiet light reserved.

    All posts

    Yangi o‘zbek alifbosi: ş, ö, ğ, ç harflarini bitta tugmada yozing

    Yangi alifbo harflarini qidirib qiynalyapsizmi? O’zbek Keyboard Helper bilan ş, ö, ğ, ç ni o‘ng Alt orqali bir zumda terasiz. Bepul, yengil, bitta .exe fayl.

    Abdurakhmon AbduraimovNovember 3, 2026 3 min read 66 views

    Assalomu alaykum, do‘stlar!

    Yangi o‘zbek alifbosi haqida eshitgandirsiz: endi sh o‘rniga ş, ch o‘rniga ç, g‘ o‘rniga ğ, o‘ o‘rniga ö yoziladi. Gap yo‘q, chiroyli, ixcham. Lekin bitta muammo bor — klaviaturada bu harflar yo‘q-da! Har safar “ş qayerda edi?” deb internetdan nusxa ko‘chirib, Word’da “Simvol qo‘yish” menyusini titkilab o‘tirish… Ochig‘i, ikki-uch kunda jonga tegadi.

    Men ham shunaqa qiynalib yurgandim. Keyin bir zo‘r narsaga duch keldim — O’zbek Keyboard Helper. Bugun shu haqida gaplashamiz.

    Bu nima o‘zi?

    Qisqa qilib aytsam: Windows uchun kichkina, bepul dastur. Fonda jimgina o‘tiradi va sizga yangi alifbo harflarini bitta tugma bilan terish imkonini beradi. Hech qanday klaviatura sozlamasini o‘zgartirish, yangi til qo‘shish, “layout” almashtirib yurish shart emas. Qanday yozib yurgan bo‘lsangiz, shunday yozaverasiz — faqat kerakli joyda o‘ng Altni bosasiz, xolos.

    Butun sir — o‘ng Alt’da

    Klaviaturangizga qarang. Probel (Space)ning o‘ng tomonida yana bitta Alt turibdi — ana o‘sha bizning qahramonimiz. Ba’zi klaviaturalarda unda AltGr deb yozilgan bo‘ladi, bu ham o‘sha.

    O‘ng Alt tugmasi va S, O, G, C harflari

    O‘ng Alt’ni bosib turasiz-da, kerakli harfni bosasiz:

    TugmalarNatija
    Right Alt + Sş
    Right Alt + Oö
    Right Alt + Gğ
    Right Alt + Cç

    Katta harf kerakmi? Shift’ni ham qo‘shib qo‘yasiz: Right Alt + Shift + S → Ş. Shu! Mantiqi ham oddiy: S — ş, O — ö, G — ğ, C — ç. Yodlab o‘tirishning hojati yo‘q, birinchi kunning o‘zida qo‘lingiz o‘rganib qoladi.

    To‘rtta kombinatsiya

    Eng yoqqan joyi nima bilasizmi? Chap Alt’ga umuman tegmaydi. Ya’ni Alt+F4, Alt+Tab kabi odatiy kombinatsiyalaringiz hammasi joyida, avvalgidek ishlayveradi. Dastur faqat o‘ng Alt bilan ishlaydi, boshqa narsaga aralashmaydi.

    O‘rnatish — bir daqiqalik ish

    Bu yerda ham hech qanday “murakkab” narsa yo‘q:

    1. Rasmiy sahifaga kirib, Yuklab olish tugmasini bosasiz.
    2. UzbekKeyboardHelper.exe faylini o‘zingizga qulay papkaga saqlaysiz.
    3. Ishga tushirasiz — vassalom!

    O‘rnatuvchi (installer) yo‘q, “Keyingi, Keyingi, Roziman…” degan oynalar yo‘q. Bitta .exe fayl — bor-yo‘g‘i shu. .NET’ni alohida o‘rnatish ham shart emas, kerakli hamma narsa dasturning o‘zida (self-contained).

    Tizim tepsisida — bizning bayroq

    Dastur ishga tushgach, ekranning pastki o‘ng burchagida, soat yonida kichkina O‘zbekiston bayrog‘i paydo bo‘ladi. Bu dastur ishlab turganini bildiradi. Ko‘rinishi ham ko‘zni quvontiradi-da!

    Tizim tepsisidagi bayroqcha (taxminiy ko‘rinish)

    Undan tashqari:

    • Kompyuter yonganda o‘zi ishga tushadi — har safar eslab, qayta ochib o‘tirmaysiz.
    • Yoqish / o‘chirish imkoniyati bor — vaqtincha kerak bo‘lmasa, o‘chirib qo‘yasiz.
    • Fonda ishlaydi, hech kimga xalaqit bermaydi.

    Nega aynan shu dastur?

    Rostini aytsam, sabablari ko‘p:

    • Bepul va ochiq kodli (MIT litsenziya). GitHub’da kodi turibdi, xohlagan odam ko‘rishi mumkin.
    • Yengil — bitta fayl, o‘rnatish yo‘q, ortiqcha narsa yo‘q.
    • O‘rganish oson — to‘rtta harf, to‘rtta kombinatsiya. Tamom.
    • Hamma joyda ishlaydi — Telegram’da yozasizmi, Word’da hujjat tayyorlaysizmi, brauzerdami — farqi yo‘q.
    • Odatlaringizni buzmaydi — klaviatura tilini almashtirish kerak emas, chap Alt joyida.

    Yangi alifboga o‘tish — hammamiz uchun yangi narsa. Bunday paytda shunaqa kichkina, lekin aqlli yordamchilar juda qo‘l keladi. Men uchun bu dastur haqiqiy “o‘rnatdim-u, unutdim” toifasidan bo‘ldi: bor-yo‘qligini sezmaysiz, lekin kerak bo‘lganda doim tayyor.

    Talablar

    • Windows 10 yoki 11 (64-bit)
    • Boshqa hech narsa kerak emas

    Xullas, gapni cho‘zmayman. Agar siz ham yangi alifboda yozmoqchi bo‘lsangiz-u, “ş”ni qidirib vaqt yo‘qotishdan charchagan bo‘lsangiz — bir sinab ko‘ring. Ishonavering, afsuslanmaysiz.

    👉 Yuklab olish: overlordbyte.github.io/uzbek-keyboard-helper

    Yaxşi qoling, do‘stlar! 😉

    #windows#uzbek#klaviatura#alifbo#open-source